Tabiatni muhofaza qilish fotosurati

Fayl:Management sign.JPG
Yovvoyi tabiatni muhofaza qilishni ragʻbatlantiruvchi boshqaruv belgisi surati
Ansel Easton Adams (1902-1984), amerikalik fotograf va ekolog, J. Malkolm Greni surati

Tabiatni muhofaza qilish fotografiyasi — bu tabiatni muhofaza qilish natijalarini himoya qilish uchun fotojurnalistika parametrlari doirasida fotografiya jarayoni va uning mahsulotlaridan bevosita ishlatish jarayonidir. Fotojurnalsitika

Tabiatni muhofaza qilish fotografiyasi tabiatni muhofaza qilish va biosfera va tabiiy muhitni yaxshilash agenti sifatida hujjatli fotografiyaning proaktiv, muammoga yoʻnaltirilgan yondashuvi bilan tabiat fotosuratlarini birlashtiradi. Tabiatni muhofaza qilish fotografiyasi atrof- muhitni muhofaza qilish, yovvoyi tabiatni saqlash, yashash joylarini saqlash yoki madaniyatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha jamoatchilik xabardorligini kengaytirish va tuzatish choralarini ragʻbatlantirish orqali rivojlantiradi.

Karleton E. Uotkins (1829-1916) surati, 1861-yilda Yosemit vodiysidagi Broderik togʻi va Nevada sharsharasi (700 fut)
Yosemit yarim gumbazidagi Ansel Adams fotosurati, olma bogʻi, 1933-yil aprel oyida shoxlarida qorli daraxtlar

Fotosurat tabiatni muhofaza qilishni kuchaytirish uchun samarali vosita sifatida rivojlangan. Fotosurat bu vazifasini 1860-yillardan beri bajarib kelmoqda, garchi bu imko koʻpchilik eʼtirof etmasa ham[1]. 1864-yilda Yosemit milliy bogʻining tashkil etilishini ragʻbatlantirish uchun muvaffaqiyatli qoʻllanilgan Karleton Watkinsning kuchli suratlari va parkni kengaytirish va moliyalashtirishni davom ettirish tarafdori boʻlgan William Genri Jekson va Ansel Adamsning yuqori saviyadagi bu suratlari taqsinga loyiqdir.

Maʼlum vaqtlar davomida bu soha biroz sustlashganday boʻldi 21-asrning boshlarida tabiatni muhofaza qilish uchun suratga olishga yana bir eʼtibor qaratildi, birinchi navbatda, inson sabab boʻlgan ekologik inqirozga javoban, ekotizim degradatsiyasining global modeli barqaror emasligini tan oldi.

Tabiatni muhofaza qilish fotografiyasining zamonaviy sohasi 2005-yil oktabr oyida Alyaskaning Ankorij shahrida boʻlib oʻtgan 8- Butunjahon choʻl tabiati kongressida fotograf Kristina Mittermeyer tomonidan Tabiatni muhofaza qiluvchi fotosuratchilar xalqaro ligasining tashkil etilishi bilan rasmiylashtirildi. 2005-yilgacha „tabiatni muhofaza qilish fotografiyasi“ fan sifatida keng tan olinmagan edi.

  1. Carleton Ward Jr. (2008), „Conservation Photography“, Master of Science Thesis, University of Florida, qaraldi: 2012-02-27

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy